Surxondaryo viloyatida sportning "Qo‘l jangi" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Har bir xodim uchun sport bilan shug‘ullanish
– kunlik hayot tarziga aylanmoqda.
Sohada, ayniqsa, qo‘l jangi, kurash, sambo, dzyudo, boks, futbol
kabi sport turlari bilan professional darajada shug‘ullanayotgan xodimlarimiz soni
ko‘paymoqda.
Joriy yilning 13 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida
sportning "Qo‘l jangi" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy
tuzilmalari hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari jami
8 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashishdi.
Musobaqani o‘tkazishdan maqsad ichki ishlar organlarida
sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, eng asosiysi, xodimlarning jismoniy
faolligini oshirishdan iboratdir.
Musobaqada
ishtirok etgan xodimlar va sovrindorlar qimmatboho hamda esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandilar.