25 Fevral 2021 yil 523

Surxondaryo viloyatida joriy yilning 20-24 fevral kunlari o'tkazilgan "tozalash-Antiterror" maxsus profilaktik tadbirida amalga oshirilgan ishlar

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 fevraldagi 22-sonli hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2021 yil 19 fevraldagi 13-sonli farmoyishiga asosan "Navro'z" umumxalq bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida "tozalash-Antiterror" maxsus profilaktik tadbiri o'tkazib kelinmoqda.
Tadbirni samarali o'tkazish maqsadida joylarda ishchi guruhlar tuzilib, hududiy IIB (IIO FMB) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan farmoyish hamda viloyat hokimligining qarori ishlab chiqildi.
Tadbirga ichki ishlar organlari xodimi, Milliy gvardiya xodimi va jamoatchilik vakillari jalb qilindi.
Tadbirni samarali o'tkazish maqsadida jami 721 ta patrullik yo'nalishlari tashkil etildi.
Viloyatda mavjud 465 705 ta ob'ektlardan 68 700 tasi tekshirildi. Tekshirilgan ob'ektlarning xonadonlardan tashqari, 887 tasi korxona va tashkilotlar hamda 1611 tasi boshqa ob'ektlarni tashkil etdi.
Shuningdek, 50 ta mehmonxona, 50 ta yotoqxona, 628 ta ta'lim muassasalari, 2029 ta savdo va maishiy xizmat ko'rsatish ob'ektlari o'rganildi.
Pasport-viza qoidalariga amal qilinishini o'rganish bo'yicha 69931 ta xonadonlar o'rganilib, tekshirish davomida 1370 ta huquqbuzarliklar aniqlandi. Shulardan 8 nafariga nisbatan sud qarorlariga asosan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tungi vaqtlarda belgilanmagan joylarda yoki bemaqsad yurib fuqarolar osoyishtaligiga ziyon etkazishi mumkin bo'lgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan 3187 nafar shaxs ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tekzor-profilaktik suhbatlar olib borildi. Mazkur tadbirlar jarayonida esa 4 nafar muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxs reabilitasiya markaziga, yana 4 nafar nazoratsiz yurgan voyaga etmaganlar ijtimoiy huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirildi.
Jinoyat sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarni tezkor qamrovga olish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tadbir davomida 79 nafar spirtli ichimlikka ruju quygan shaxs, 8 nafar giyohvand va 26 nafar tajovuzkor ruhiy kasallikka chalingan shaxs aniqlanib, sog'liqni saqlash muassasalarga joylashtirildi. Qolaversa, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 2813 nafar shaxs bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar ham o'tkazildi.
Profilaktika inspektorlar tomonidan 134 nafar jinoyatga moyil shaxslar aniqlanib, ichki ishlar organlari hisobiga olindi va ularga kelgusida jinoyat va huquqbuzaliklar sodir etilishini oldini olish, hayotga moslashtirish maqsadida 155 nafar murabbiy biriktirildi.
"Tozalash-Antiterror" maxsus profilaktik tadbirini o'tkazish davomida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida 555 nafar ilgari sudlangan shaxs yashash manzilidan tekshirilib, ma'muriy nazorat qonuni ta'siri ostiga tushuvchi shaxslardan 13 nafari ma'muriy nazoratga olindi. Ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan 5 nafar shaxsga chora Ko'rildi.
Tadbir davomida 2 nafar ichki ishlar organlari Probasiya xizmati hisobida turgan mahkum jazo o'tashning belgilangan tartib qoidalariga rioya etmasdan, jazodan qasddan bo'yin tovlaganligi uchun jazo turini boshqa jazoga almashatirish bo'yicha sudlarga taqdimnomalar kiritildi. Shundan, sud ajrimlari asosida 2 nafar mahkumlarning jazo turi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Tadbir davomida ushbu toifa shaxslari uchun tashkil etilgan mehnat yaramarkalari orqali jami 9 nafari ishga joylashtirildi.
Yo'l-patrul xizmati maskanlari, "jamoatchilik nazorati maskanlari”
va boshqa ob'ektlarda 5030 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o'tkazildi.
Yana bir erishilgan natija bu tadbir davomida jinoyat qidiruv yo'nalishida sodir etilgan 16 ta jinoyatning fosh etilishi bo'ldi. Shu bilan birga, sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar sektor rahbarlari tomonidan aholi o'rtasida muhokama qilindi.
Xavfsizlikni ta'minlash bugun muhim masalalardan biridir. Shu maqsadda mahallalarga va aholi gavjum joylarga 67 ta videokuzatuv moslamalarining o'rnatilishi ayni muddao bo'ldi.
Jinoyat sodir etib tergov organlaridan yashirinib yurgan qidiruvda yurgan shaxslardan tadbir davomida 2 nafari ushlandi.
2 ta giyohvandlik bilan bog'liq jinoyat fosh etilib, 7048,83 gramm miqdordagi giyohvand moddalari olindi.
Odamlarni ogohlikka chorlash, xavfsizlikni ta'minlash uchun doimo o'zlari va yaqinlari uchun ham hushyor bo'lishga chorlash maqsadida aholi bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi. 1883 ta uchrashuv aynan korxona va tashkilotlarda o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech