15 Iyun 2021 yil 642

Surxondaryo viloyatida 3-sektor rahbarlari va xodimlarining xizmatlari e'tirof etildi

Joriy yilning 1-2 iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida, sektor rahbarlariga aholining turmush tarzini yanada yaxshilash borasida bir qator aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Shu munosabat bilan Angor tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik M.Boltaev tomonidan sektor hududida, aholining ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash, "temir daftar", "ayollar daftari", "yoshlar daftari", ehtiyojmand oilalarni bandligini ta'minlash hamda sektor hududida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida amalga oshirayotgan ishlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan yuksak baholanib, unga "Jеntra" avtomashinasi bilan taqdirladi.
Ushbu avtomashinani Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari polkovnik A.Ismoilov tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Sherobod tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik O'.Shukurov hamda bir qator 3-sektor shtabi kotiblari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining pul mukofotlari bilan ham taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech