27 May 2022 yil 335

Surxondaryo viloyati IIBda qonunchilik, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida qonunchilik, xizmat, ijrochilik intizomini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari polkovnik K.R.Batirov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi katta tezkor vakili kapitan S.A.Jumayev hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik S.B.Xakimovlar qatnashdi.
Mas’ullar tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga so‘ngi yillarda tizimda olib borilayotgan bir qator islohotlarga qaramay hali-hanuz shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishi qoniqarsiz ekanligi, boshqa sohaviy xizmatlar qatorida tashkiliy boshqarma yo‘nalishida ham qonuniylik va xizmat intizomini buzish holatlari aniqlanib kelinayotganligi, joylarda shaxsiy tarkib tomonidan ish yuritishda jiddiy xato va kamchilliklarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, Tashkiliy bo‘linma boshliqlari navbatchilik qismi xodimlarini tasdiqlangan reja asosida kelgusida qo‘shimcha o‘qitish masalasini ko‘rib chiqishi, xodimlarni jangovar shayligi va bilimini oshirish, ijrochilik hamda xizmat intizomiga qat’iy rioya etishini nazorat qilishi tushuntirilib, Tashkiliy boshqarma Navbatchilik qismi xodimlarini bilim va dunyoqarashini shakllantirish maqsadida, har bir xodimga kitob o‘qishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan tegishli fikr mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish so‘ngida mas’ullar tomonidan bu kabi salbiy holatlarni kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech