Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ta’lim va IT sohasi istiqboli” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ta’lim va IT sohasi istiqboli” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Muxandislik texnalogiya instituti katta o‘qituvchisi X.Mengatovaning bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohatlar hamda IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimiz Qarorlari hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar erishilgan muvafaqqiyatlar haqidagi ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIOda xizmat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fidoiy ayol xodima” ko‘rik tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizili boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishda jonbozlik ko‘rsatib, fidokorona xizmat o‘tab kelayotgan xodimning ota-onalariga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining minnadorchiligi aks etgan “Tashakkurnoma”si tantanali ravishda topshirildi.
Dars mashg‘uloti so‘ngida viloyat IIB xodimlari tomonidan tayorlangan ijtimoiy rolik qo‘yib berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati