Surxondaryo viloyati IIBda mustaqillikning 30 yillik shukuhi
Erkin va faravon hayotimizning kafolati bo'lgan istiqlol shodiyonalari munosabati bilan Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida ham bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Respublika huquq tartibot organlarining mas'ullari, boshqarma boshlig'i va o'rinbosarlari hamda shaxsiy tarkib, davlatimiz mustaqilligining 30 yillik tantanalari bois turli darajadagi orden, medal va ko'krak nishonlari bilan taqdirlanganlar jam bo'lishdi.
Jangovar bayroq qarshi olinib davlatimiz madhiyasi ijro etilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning ichki ishlar organlari xodimlariga yo'llagan bayram tadbrigi o'qib eshittirildi. O'z o'rnida qilingan rag'bat hamisha kishini ruhlantirib kasbiga nisbatan mehri va sadoqatini chandon oshirishga xizmat qiladi.
Shu boisdan bo'lsa kerak yurt tinchligi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdek sharafli va ayni paytda mas'uliyatli kasb egalarining xizmatlari har doim hukumat e'tiborida. Bu jihatlar tadbirda so'z olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan ham e'tirof etildi. Va ta'kidlandiki tizimdagi shaxsiy tarkibga ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik albatta uning jamiyatdagi nufuzuni yanada oshirishga xizmat qilib, xodimlarning jasorat ko'rsatishiga zamin yaratadi. Boshqarma boshlig'i nutqi davomida burchini ado etish chog'ida mardlik va vatanparvarlik ko'rsatgan xodimlarni birma-bir tilgan olib o'zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so'ng faoliyati davomida safdoshlariga o'rnak namuna bo'lib kelayotgan xodimlar birin ketin taqdirlandi.
Bayram tadbiri fayzli dasturxon atrofida davom etdi. San'atkorlarning chiqishlari esa ishtirokchilarda shodiyona shukuhi ostida barchaga quvonch va shodlik ulashdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati