5 May 2021 yil 528

Surxondaryo viloyati IIBda murojaatlar bilan ishlash tartibiga oid seminar-tering o'tkazildi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va IIV mas'ul xodimlari ishtirokida seminar-trening o'tkazildi. Trening mavzusi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bag'ishlandi.
Tashkil qilingan seminar-treningni viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda joylardagi ichki ishlar bo'limlarida "jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash"ga mas'ul bo'lgan xodimlar uchun katta ahamiyat kasb etdi.
Sababiki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga yo'llangan murojaatlarning natijalarini elektron tizimga biriktirishda, murojaatdagi masalani qanday qonuniy hal etishning huquqiy asoslari haqida seminar treningda keng va etarli bo'lgan tushunchalar berildi.
Seminar-treningda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga 2020 yil davomida o'rtacha bir millionta murojaat kelib tushganligi, ushbu murojaatlarning 12 foizi ichki ishlar organlarida ko'rib chiqilganligi ta'kidlandi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan tizimda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar to'g'risida hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun va IIVning tegishli buyrug'ining ayrim qoidalarni yig'ilish ishtirokchilariga oddiy va sodda tilda tushuntirib berishdi.
Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarni ko'rib chiqish jarayonida duch kelayotgan muammoli vaziyatlar bo'yicha xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Seminar-trening davomida berilgan savollarning barchasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas'ul xodimi S.N.Mamadiev tomonidan batafsil tushuntirgan holda to'liq va aniq hamda oddiy halq tilida javoblar berildi. Xodimlar berilgan savollarga to'la javob olishganidan, o'z minnatdorchiligini ma'lum qilishdi.
Seminar-trening yakunida viloyat IIB tashkiliy boshqarma boshlig'i I.B.Ismanov, ushbu seminar-trening tarixiy uchrashuv bo'lganligini, Prezident Administrasiyaning mas'ul xodimi bilan bevosita bunday uchrashuvlar ilgari bo'lmaganligini, bu uchun Prezident Adminiyatrasiyasi rahbariyatiga va mas'ul xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirib, shu kabi seminar-trening mashg'ulotlarini kelgusida davomli ravishda o'tkazib borish bo'yicha o'z taklifini bildirib, ushbu seminar-trening Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari murojaatlar bilan ishlash tizimiga o'zining ijobiy samarasini berishiga ishonch bildirib o'tdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech