31 May 2021 yil 507

Surxondaryo viloyati IIBda malakaviy o'quv amaliyoti tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3216-son, 2017 yil 29 noyabrdagi "ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3413-son qarorlari, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 1 maydagi "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetini tashkil etish to'g'risida"gi 127-son buyrug'i hamda ichki ishlar vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi "ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilarining malakaviy amaliyotini yuqori saviyada o'tkazilishini tashkil etish to'g'risida"gi ko'rsatmasi ijrosini ta'minlash, shuningdek O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilarining malakaviy amaliyotini sifatli tashkil etish borasida Surxondaryo viloyati IIB ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 31 may kuni Surxondaryo viloyati IIB katta majlislar zalida rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilarining "ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini boshqarish" va "tuman, shahar ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish" o'quv modullari bo'yicha malakaviy amaliyoti tashkil etildi.
Tashkil qilingan o'quv amaliyotida, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik A.Sobirov hamda Surxondaryo viloyati IIB ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig'i o'rinbosari mayor u.Jo'raevlar ishtirok etishdi.
Tinglovchilarining malakaviy amaliyoti O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va malaka amaliyoti dasturi talablari asosida, boshqarmaning malakali sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan o'tkazilib, amaliyotni o'tash davomida tinglovchilarning shaxsiy xavfsizlik choralari, odob-ahloq qoidalari, o'rnatilgan kun tartibi, xizmat intizomi va Qonunchilik talablariga hamda maxfiylik tartibiga shuningdek, karantin, sanitar-gigienik qoidalarga qat'iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.
Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilarining malakaviy amaliyoti davomida rahbarlikka layoqati va qobiliyati o'rganib chiqilib, ularning har biriga fikrnomalar, o'qishni tamomlaganidan so'ng tayinlanishi rejalashtirilgan lavozimlar haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech