18 Oktyabr 2021 yil 308

Surxondaryo viloyati IIBda kasb bayrami oldidan saf ko'rigi o'tkazildi

Joriy yilning 18 oktabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, 25 oktabr O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati tomonidan boshqarma sohaviy xizmat xodimlari o'rtasida saf ko'rigi o'tkazildi. Ko'rik davomida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat guvohnomalarini olib yurishlari, xizmat kiyimlarining ozodaligiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, boshqarma shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi o'rganildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech