20 Iyul 2022 yil 399

Surxondaryo viloyati IIBda, IIV Akademiyasi kursantlarining o‘quv amaliyoti yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi 312-son “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, 2022-yilning 27-iyun kunidan 18-iyul kuniga qadar Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, YHXB, Probatsiya bo‘limi, Ekspert kriminalistika bo‘limi, Tezkor qidiruv hamkorligi bo‘limi, Termiz shahar va Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha tuman ichki ishlar bo‘limi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 1 va 2-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyoti tashkil etilgan edi.

Tashkil etilgan ushbu amaliyot davomida kursantlar tomonidan shaxsiy xavfsizlik choralariga, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya etishlari ta’minlanib, doimiy nazorat ostiga olindi.

Shuningdek, kursantlarga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarish, amaliyot faoliyatiga taalluqli ko‘nikmalarni shakllantirish, mutaxassislik bo‘yicha mustahkam kasb mahoratini egallash va takomillashtirish, ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik faoliyati tajribasini orttirishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berildi.

Ish o‘rganish amaliyoti yakunida kursantlardan komissiya tarkibida sinovlar qabul qilinib, har bir kursantning faoliyatiga xolisona baho berildi.

Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi mas’ul xodimlari, Surxondaryo viloyati Faxriylar kengashi raisi va a’zolari, IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 1- va 2-o‘quv kursi kursantlari ishtirokida o‘quv amaliyoti yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIV faoliyatini takomillashtirishga oid buyruq, ko‘rsatma va normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal ravishda o‘rganib, ulardan o‘zining kundalik xizmat faoliyatida to‘g‘ri va to‘liq foydalanib, ushbu buyruq va ko‘rsatmalarning talablari asosida xizmat olib borish, o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalariga vijdonan yondoshish, fuqarolarning huquq va erkilliklari, xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan turli tezkor-qidiruv tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh kursantlarga Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati nomidan minnatdorchiliklar bildirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech