30 Avgust 2022 yil
351
Surxondaryo viloyati IIBda bayram munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligi bayrami oldidan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ishchi xizmatchilar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Viloyat IIB hovlisida tashkil etilgan savdo yarmarka rastalarida sifatli va arzonlashtirilgan meva-sabzavotlar, turli ichimliklar, sut va go‘sht mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlar o‘rin olgan.
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham tashkil etilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.