11 Noyabr 2021 yil 378

Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ma'muriy binosi hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida ishlar tashkil qilindi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-noyabr kuni o'tkazgan yig'ilishida berilgan topshirig'iga ko'ra, joylarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi bo'yicha ishlar boshlab yuborildi.
Ushbu loyiha doirasida, Surxandaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari ko'kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bunda, viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ma'muriy binosi va uning atrof hududlarida manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.
Darhaqiqat, hozirda iqlim o'zgarishi barchani birdek tashvishga solmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.
Bu ishlarning bahor fasligacha davom ettirilishi, insoniyatga foyda keltiradigan darajada yashash makonimizni yashillikka burkashga olib keladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech