8 Aprel 2022 yil 463

Surxondaryo viloyati IIB mutaxassis-psixologlar tomonidan, ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 14 mart kunidagi “IIVning ayrim hududiy ichki ishlar organlarida ma’naviy-ruhiy muhit ahvolini o‘rganish va ishchi guruh tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash departamenti mas’ul xodimi hamda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati, Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi tomonidan, xizmat jamoalarida ma’naviy-ruhiy muhit va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar, mazkur jamoalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan; shaxsiy tarkib o‘rtasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, xodimlarning islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlar va xizmatga bo‘lgan munosabatini o‘rgatish;
- hududdiy ichki ishlar organlarining mutaxassis-psixologlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ahvolini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash departamenti mas’ul xodimi hamda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati, Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi tomonidan, yangi tashkil etilgan “Xodimbay” ishlash tizimi asosida xodimlarning yashash uylariga borilib, ularning muammolari va yashash sharoitlari o‘rganilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mutaxassis-psixologlar tomonidan “Istiqbolli va Rahbar kadrlar zahirasi”ga kiritilgan xodimlar bilan davra suhbatlari tashkillashtirilib, ularga kelgusida qo‘l ostidagi shaxsiy tarkib bilan ishlash va xizmat jarayonini boshqarishda psixologik maslahatlar berilmoqda.
Shuningdek, xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik suhbat, maslahat va hissiy-irodaviy sifatlarini rivojlantiruvchi treninglar esa xodimlar uchun zarur bo‘lgan ruhiy ozuqani olishlariga omil bo‘lmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech