2 Sentyabr 2021 yil 678

Surxondaryo viloyati IIB M va FRB ogohlantiradi!

Chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida bo'lishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga ilova tarzida bir nechta o'zgartirish kiritilgan.
Unga ko'ra pandemiya munosabati bilan karantin joriy etilgan hududda vaqtincha bo'lish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda mansabdor shaxslarga nisbatan karantin muddati tugagunga qadar karantin qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy choralar qo'llanilmasligi belgilangan edi. 2021 yil 30 avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan, mazkur band bekor qilinib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, joriy yilning 10 sentyabrdan respublikada bo'lish tartibini buzganligi uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan tartibda javogarlikka tortiladi.
Shu sababli, respublika hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan 2021 yil 10 sentyabrga qadar vaqtinchalik ro'yxatdan o'tishlarini so'raymiz.

Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech