Surxondaryo viloyati IIB jamoasi Respublika bosqichida faxrli o'rinni qo'lga kiritdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar kontsepsiyasiga muvofiq, ichki ishlar vaziri o'rinbosarining 2021 yil 8 sentabr kunidagi ichki ishlar organlarining havaskor jamoalari o'rtasida "yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazish to'g'risidagi 188-son farmoyishi asosida o'tkazilgan tanlovning Respublika bosqichida jami 16 ta jamoa jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati IIBB, barcha viloyat IIBlari, IIV Akademiyasi hamda qorovul qo'shinlarining havaskor jamoalari o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi.
Bellashuvchi jamoalarga san'at, madaniyat, adabiyot, xoreografiya, notiqlik, xalq folklori kabi ijodiy yo'nalishlarida 20 daqiqaga mo'ljallangan ijodiy chiqishlarni namoyish etishlari belgilangan bo'lib, Surxondaryo viloyati IIBning "Jayxun ohanglari" havaskorlar jamoasi o'zining milliy yo'nalishdagi folklor o'yinlari bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati