31 Dekabr 2021 yil 476

Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko'rsatish markazi tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabirikladi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov hamda viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik B.M.Xidirovlar 31 dekabr kuni, Termiz shahrida joylashgan Surxondaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tasarrufidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko'rasatish markazida bo'lishdi.
Ushbu maskanda, qarovsiz yurganligi sababli markazga keltirilgan 8 nafar voyaga yetmaganlar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklab dildan suhbat qurishdi. Suhbat jarayonida ushbu voyaga yetmaganlarga kelajakda komil inson bo'lib, davlatimiz ravnaqi uchun munosib farzand bo'lib kamol topishi lozimligini ta'kidlashdi.
Bayram munosabati bilan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko'rasatish markazida vaqtincha saqlanayotgan voyaga yetmaganlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

Text to speech