Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i tomonidan yoshlarga o'qishga kirish uchun imtiyozga ega tavsiyanomalar topshirildi
Bugun Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida, bir qator ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Oliy va o'rta maxsus ta'lim dargohlariga o'qishga kirish uchun 3 va 5 foizlik qabul kvotali imtiyozga ega bo'lgan tavsiyanoma va taqdimnomalarga ega bo'lishdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 may kunidagi "ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta'lim muassasalari hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo'mitasining oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun tavsiyanoma berish tartibi to'g'risida"gi 375-son qarori talablari asosida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.Ismoilov tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlirida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo'shgan 67 nafar namunali xodimlarning 77 nafar farzandlariga tavsiyanoma hamda taqdimnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu tavsiyanoma va taqdimnomalar berilishi va imtiyozlari haqida qisqacha ma'lumot;
Tavsiyanoma-bu respublika bo'yicha barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriyatiga davlat granti asosida kirishda ajratilgan qo'shimcha uch foizlik qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish uchun imtiyoz beriladi.
Taqdimnoma-bu mudafaa vazirligi, ichki ishlarligi, milliy gvardiya va davlat bojxona qo'mitasining oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalariga ajratilgan besh foizlik qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozini beradi.
Mazkur tavsiyanoma hamda taqdimnomalar 3 yil muddatga beriladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati