5 Avgust 2023 yil 190

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida, Termiz shahrida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi

Joriy yilning  5 avgust kuni Termiz shahridagi “Madaniyat uyi” binosida,  Termiz shahrida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov, shahar mektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilot vakillari, ta’lim muassaslarining mas’ul rahbarlari, profilaktika inspektorlari va nazorat ostidagi shaxslar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur jinoyat kelib chiqish sabab va omillari haqida Termiz shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik E.Nurullaev tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga qisqacha   ma’lumot berib o‘tildi. Ma’lumotga ko‘ra 2023 yilning 1 avgust kuni kech soat 22:00 lar chamasi Termiz shahari "Nurli kelajak" mahallasida yashovchi voyaga yetmagan o‘smirlar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik pichoqbozlik bilan yakun topganligi, mushtlashish jarayonida qorin bo‘shlig‘i o‘ng qo‘l bilak yuza soxasiga pichoq bilan zarba berilganligi, o‘smirning ayni paytda shifoxonada shifokorlar nazoratida ekanligi ta’kidlanib, ushbu jinoyatga sabab bo‘lgan omillar tahlil etili, holat yuzasidan joriy yilning 2 avgust kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104 moddasi 2 qismi “ye,k” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi qayd etildi.

Viloyatdagi turli tashkilot – idora, keng jamoatchilik vakillari, ichki ishlar organlari mutasaddilari ishtirok etgan jinoyat muhokamasida, mazkur jinoyatga sabab bo‘lgan har bir holat tahlil etilib bunda qo‘ni – qo‘shni, mahalla ko‘y, oshno og‘ayinlarning ham salbiy ta’siri katta bo‘lganligi  ta’kidlandi.

Viloyat IIB boshlig‘i jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan mexanizmning harakatga keltiruvchilari mahallalardagi “beshlik” vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda faoliyat yuritmasligi ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘lishini hayotiy misollar bilan keltirdi.  Shu asnoda Mahalladagi beshlik hududda kelib chiqayotgan muammo va turli nizolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularni bartaraf etishga mas’ul ekanligi uqtirilib zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Aytish kerakki, so‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida jinoyatlarning sabablarini o‘rganish, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda «mahallabay» va «sohabay» muhokama qilish tartibi joriy etilgan. Bu amaliyot avvalo hududdagi kreminogen vaziyatni yaxshilash va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillarining ogohligi dahildorligini oshirishda ayni muddao sanalmoqda. E’tiborli jihati xalq bilan bo‘layotgan muloqotlar jarayonida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha aholi vakillarining ham takliflar tashabbuslari o‘rtaga tashlanmoqda.

Text to speech