30 Mart 2023 yil 299

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha sayyor o‘quv-seminar tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan IIVning 2022-yil 19-oktabr kunidagi “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha sayyor o‘quv-seminarlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga asosan 2023 yilning 27-29 mart kunlari sayyor o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Sayyor o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida Vazirlik Malaka oshirish intituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyat ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari e’tiboriga bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, ularning mazmun-mohiyati, bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va boshqa shu sohaga oid ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, profilaktika inspektorlarining himoya orderini berish tartibi, muddati, uni uzaytirish tartibi, hamda kuchga kirishi, belgilangan cheklovlar, taqiqlarning turlari va mazmuni, tazyiq va zo‘ravonlik nima, uning asosida jabrlangan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish faoliyati hamda oilada ayollarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonlik shakllari: muammo va yechimlar kabi masalalar bo‘yicha dars jarayonlari binar usullarni qo‘llagan holda o‘tkazildi.

Mazkur sayyor o‘quv mashg‘ulotlari yakunida, sinovlarni muvofaqiyatli topshirgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.

Text to speech