12 May 2022 yil 465

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

 
 
Ichki ishlar organlarida “Sog‘lom oila sog‘lom jamiyat” g‘oyasini tatbiq etish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 15-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 37-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11 may kuni viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari oilalari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Unda ichki ishlar organlarida kamida 5 yil amaliy ish stajiga ega, oila qurganiga 8 yil to‘lgan (xodimlarning 7 15 yosh oralig‘idagi farzandlari ko‘rik-tanlovda ishtirok etishlari mumkin), harakatdagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lmagan, viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan jami 8 ta oila ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlov shartlarini bajarish davomida ishtirokchi xodimlar va ularning oila a’zolari o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in bahslardan so‘ng, faxrli 3-o‘ringa Bandixon tumani IIB Tashkiliy bo‘linma boshlig‘i mayor Xoliqov Ilxom Baxodirovich oilasi, 2-o‘ringa boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Uzun tumani IIB 1-son IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor Yo‘ldoshev O‘tkir Qambarovich oilasi munosib deb topildi. Angor tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori katta leytenant Quvvatov Furqat Farxodovichning oilasiga 1-o‘rin nasib etdi va bir yo‘la tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan oilalar turli nominatsiyalar bo‘yicha ham diplom va boshqarmaning esdalik sovg‘alari, kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
 
 
Text to speech