11 May 2021 yil 557

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy chiniqishi ortidan

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida haftaning seshanba va juma kunlari jismoniy tayyorgarliklarini oshirishga qaratilgan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.
Davlatimiz rahbarining ta'biri bilan aytganda "har bir davlat xizmatchisi har kuni o'zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart."Ana shu da'vadga amal qilish uchun esa ichki ishlar tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning jismoniy tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan farmonlari esa mazkur yo'nalishdagi sa'y harakatlarning muntazamligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, ular bilan muntazam ravishda mashg'ulotlarni o'tkazib borishni yanada yaxshilash maqsadida, o'quv dasturi va sport targ'ibotchilari ro'yxati tuzilib, xodimlarni tibbiy guruhlarga bo'lgan holda jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilib kelinmoqda. Haftaning seshanba va juma kunlari viloyat ichki ishlar boshqarmasining sport o'yingohida Boshqarmaning sohaviy xizmat xodimlari o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish an'ana tusini olgan.
Bu navbatdagi bellashuvlarda Respublika ichki ishlar vazirligining mas'ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Sport o'yinlaridan tashqari shaxsiy tarkibga "qo'l jangi" usullarini mukammalroq o'rgatishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Albatta jismoniy chiniqish ortidan keladigan salomatlik kishining mehnat faoliyatida ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Natijalari ham ko'zga tashlanadi. Jamiyatda qonun ustivorligini ta'minlash jinoyatchilikning oldini olishdek ezgu maqsadlar yo'lida faoliyat yuritayotgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun mana shunday jimsoniy mashg'ulotlarning muntazamlik asnosida tashkil etilishi yuqorida ta'kidlanganidek egallab turgan lavozimiga loyiqligini bod-bod isbotlash imkonini beradi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech