7 May 2021 yil 541

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari yana bir savob ishga qo'l urishdi

Joriy yilning 7 may kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, Surxondaryo viloyati qon quyish markazida o'z ixtiyorlari bilan qon topshirishdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, ichki ishlar organlari xodimlari sektor hududlarida aholining muammolarini o'rganish ishlari davomida, fuqarolar o'rtasida aniqlangan "Ankogemotologik" qon kasalligiga chalingan fuqarolarga yordam ko'rsatishga qaratilgandir.
Ushbu qon topshirish tadbiriga boshqarmaning barcha sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etishdi.
Fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash bilan birgalikda sog'ligini asrashga qaratilgan ushbu yaxshilikka yo'g'rilgan savobli tadbirlar davom ettirilishi bo'yicha, viloyat qon quyish markazi bilan kelishuv yo'lga qo'yildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech