4 May 2021 yil 487

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, "xotin-qizlar masalalari"ga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Surxondaryo viloyati IIB ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi tomonidan 2021 yil 03 may kuni boshqarma faollar zalida boshqarma boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik u.S.O'taev, O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi xodimlari A.Xursandov, X.Qosimovalar ishtirokida "oila muqaddas", "yoshlarni oilaga tayyorlash hamda oilalar o'rtasida kelishmovchilik", "oilalar o'rtasida ajrimlarning oldini olish", "xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikni oldini olish" mavzulariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda boshqarma boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik u.S.O'taev so'zga chiqib, ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar o'rtasida tartib intizom hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmonlari, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining buyruqlarini o'qib o'rganib, faoliyat davomida ijrosini ta'minlab borish kerakligi takidlandi.
Shundan so'ng, boshqarma ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh inspektori mayor g.J.Raxmatova ham so'zga chiqib, hozirgi kunda viloyat ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar o'rtasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar haqidagi hisoboti tinglandi.
Yig'ilish davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi xodimlari A.Xursandov hamda xotin-qizlar bilan ishlar bo'yicha xodima X.Qosimovalar so'zga chiqishib oilaning muqaddasligi, ayollarning oilada o'rni, oilada muomala madaniyati, qaynona qaynotaga nisbatan muomalasi", "oilalar o'rtasida hech qanday jiddiy sabablarsiz ajrashishlar" to'g'risidagi tushunchalar berib o'tildi.
Yig'ilish so'ngida, ichki ishlar organlari tizimida xizmat o'tab kelayotgan, to'rt nafar xodimalarga birinchi leytenant maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech