23 Mart 2020 yil 1175

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ofitserlik lavozimi uchun tanlov e'lon qiladi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasidagi bo'sh profilaktika (katta) inspektori ofitserlik lavozimlariga qabul qilish uchun tanlov e'lon qiladi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi 2020 yilning 20 mart kunidan huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimlarida bo'sh bo'lgan ofitserlik lavozimlariga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo'lgan fuqarolarni xizmatga qabul qilish bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun ro'yxatga olish boshlanganini ma'lum qiladi.
Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttiz yoshdan katta bo'lmagan, shu jumladan (o'ttiz yoshdagi ham) Surxondaryo viloyatida doimiy ro'yxatda turuvchi, oliy ta'lim muassasalarining "huquqshunos", "Pedagogika" va boshqa yo'nalishlari bo'yicha tamomlagan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervi yoki oliy ta'lim muassasalarini harbiy kafedrasini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog'ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo'yi 165 santimetrdan past bo'lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.
Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo'lgan fuqarolarni yuqorida ko'rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, ma'lumoti to'g'risidagi diplom (ilovasi bilan), harbiy guvohnomasining asli bilan kelishlari so'raladi.
Murojaat uchun telefon: 8-376-222-04-62
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar "Bog'zor" mahallasi, Barkamol avlod ko'chasi 46-uy, Surxondaryo viloyati IIB binosi.
Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

Text to speech