30 Aprel 2021 yil 513

"Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi" g'olibligi uchun to'p surishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF–5887–son Farmonlari talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2021 yil 23 aprel kunidagi ko'rsatmasiga asosan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan joriy yilning 22 aprel kuni tasdiqlangan Nizomga asosan viloyatdagi 3-sektor hududidagi mahallalarda uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha, "Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi" uchun musobaqalar tashkil etilgan.
Qiziriq tumani 3-sektori hududiga qarashli "Etumqum", "Gilambob", "Zartepa", "Zarbdor", "Yangikent", "Halqabod" va "Kunchiqish" mahallalari yoshlari o'rtasida ham musobaqa o'tkazilib g'oliblar aniqlandi.
Musobaqa yakuni bo'yicha "Etumqum" MFY 1-o'rin, "Yangikent" MFY 2-o'rin, "Kunchiqish" mahallasi yoshlari 3-o'rinlarni qo'lga kiritishib, g'oliblarga viloyat IIB boshlig'ining diplom va esdalik uchun qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech