27 Dekabr 2021 yil 483

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i ishtirokida, Sherobodda sodir etilgan jinoyat muhokamasi o'tkazildi

Kuni kecha, Sherobod tumani "Zarabog'" mahallasi hududida joylashgan 71-sonli umumta'lim maktabida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i A.Ismoilov, Sherobod tumani hokimi Z.Davlatov, sektorlar hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirokida ushbu hududda sodir etilgan jinoyat muhokamasi o'tkazildi.
Dastlab tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i O'.Shukurov tomonidan sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.
Viloyat IIB boshlig'i har bir fuqaro bunday salbiy holatlarni sodir bo'lishiga tomoshabin bo'lib emas, balki uni oldini olishga harakat qilishi, mahallada bo'layotgan noxush holatlarga barcha mas'uliyatni his etgan holda yondoshishi lozimligi to'g'risida fikr bildirdi.
Muhokama yig'ilishida tuman hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Text to speech