15 Dekabr 2021 yil 425

Surxondaryo viloyati hududidagi tijorat bozorlarida nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda

Ayni paytda, Surxondaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda viloyat IIB Patrul – post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi xodimlarining hamkorlikdagi reyd tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, Termiz shahridagi "Markaziy dehqon bozori"da aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
Bunda, viloyat hududida oziq-ovqat, dehqon va mol bozorlarida go'sht va go'sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlari, noma'lum sharoitda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'molga yaroqliligini nazorat qilish va yaroqsiz mahsulot aniqlanganida, tegishli tartibda choralar ko'rilmoqda.

Text to speech