24 Iyun 2020 yil 1012

Surxondaryo viloyati "Darband" muntazam YPX maskanida viloyat hududidan chiqib ketayotgan va kirib kelayotgan transport vositalari xaydovchilari nazoratdan o'tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati "Darband" muntazam YPX maskanida viloyat hududidan chiqib ketayotgan va viloyat hududiga kirib kelayotgan haydovchilarga yo'llarda ko'ngilsiz hodisalar yuz bermasligi va uning oldini olish maqsadida, yuk mashinalari uchun kuzatuvlar tashkillashtirilib, karantin qoidalariga rioya etgan holda toliqqan haydovchilarni aniqlab, maskan oldida transport vositalari uchun xavfsiz xudud yaratilib, haydovchi va yo'lovchilarga esa qahva ulashilmoqda.
Bir muddat dam olish sharoitlari yaratildi. Bundan tashqari ularning xushyorligini oshirish maqsadida, shu joyning o'zida telemonitor o'rnatilib, yo'llarda charchoq va ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan yo'l transport hodisalari haqidagi videolavhalar namoyish etilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech