Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari Turkmaniston chegarasi hududida istiqomat qilayotgan aholining sharoitlarini o'rgandi
Surxondaryo viloyatining eng olis va chekka hududlaridan biri Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh qora kamar mahallasi Muzrabot tuman markazidan qariyb 60 kilometr o'zoqlikda joylashgan, tub aholisi asosan chorvachilik ortidan daromad qiladi. Mazkur mahallada 72 ta xonadonda 84 ta oila mavjud bo'lib, to'rt yuz nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Qora kamar mahallasi aholisining turmush tarzini yanada yaxshilash, ularga shart-sharoitlar yaratish, istiqomat qiluvchi oilalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida, Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov tashrif buyurib, hududda "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Hududda aholining farzandlari ta'lim tarbiya olib, kamolga etadigan maktabda ta'mirlash ishlari olib borilishi hamda mahalla hududidagi ko'chalarni shag'al tosh yotqizish ishlarining sifat darajalarini o'rganib, aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati