Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari maktab o'quvchilariga Prezidentimiz tabrigini o'qib eshittirdi
Joriy yilning 25 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov uzun tumani "Oqtumshuq" mahallasi hududida joylashgan 27-sonli umum ta'lim maktabida tashkil etilgan "so'nggi qo'ng'iroq" bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tashkil etilgan bayram tadbiri davomida, viloyat 3-sektor rahbari, bugun ushbu ta'lim dargohini tamomlayotgan o'quvchi o'g'il-qizlarning quvonchiga sherik bo'lish asnosida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o'g'il qizlarimizga" yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi.
Shu bilan birga mamlakatimizning sharafini himoya qilib kelayotgan maktabning sportchi o'g'il qizlariga hamda maktabni namunali hulqi, a'lo baholar bilan tamomlayotgan o'zlarining jamoat ishlarida faolligini ko'rsatgan bitiruvchi o'quvchilariga faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg'alarini ulashdi.
Ushbu bayram tadbiri o'quvchi yoshlarning kuy qo'shiq va raqslari bilan davom ettirilib, ko'rsatilgan e'tibor va e'tirofdan bitiruvchi yoshlar mamnun bo'lishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati