14 Iyul 2022 yil 428

Surxondaryo viloyati Prokuraturasida, “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 14 iyul kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasida, Huquqtartibot organlarining tergov sohasi mas’ullari va xodimlari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar kunidagi “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-105-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini yaratish hamda davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan axborot tizimidan foydalanishni o‘rganish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 

Tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti davomida, “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini amaliyotga keng tadbiq etish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, yagona elektron baza orqali ishni tashkil etish yo‘llari misollar orqali o‘rganildi.

O‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech