11 Dekabr 2021 yil 460

Surxondaryo IIB xodimlari ham "Bor mehrimiz senga, bolajon!" shiori ostida beg'araz donorlik aktsiyasida faol ishtirok etishmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prizedentining 2020 yil 10-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo'lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo'llab–quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4592-sonli qarori bilan tasdiqlangan, aholi orasida beg'araz donorlik faoliyatini tashkil etish belgilanganligi sababli, O'zbekiston Respublikasi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi tomonidan 2021 yil 19-noyabr kuni yuborilgan xatida tibbiy-ijtimoiy ko'makka muhtoj bo'lgan bolalarni qo'llab quvvatlash maqsadida, "Bor mehrimiz senga, bolajon!"shiori ostida beg'araz donorlik aktsiyasi joriy yilning 3-dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy bo'limlarida o'tkazilishi ma'lum qilingan.
Shu munosabat bilan ichki ishlar vaziri o'rinbosarining 2021 yil 02 dekabr kunidagi tegishli ko'rsatmasi tijrosini ta'minlash maqsadida, "Bor mehrimiz senga, bolajon!" shiori ostida beg'araz donorlik aktsiyasida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham Surxondaryo viloyati qon quyish markaziga borib beg'araz donorlik aktsiyasida faol ishtirok etishmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech