12 May 2021 yil 557

Surxondaryo ichki ishlar organlari xodimlari uchun "ma'naviy va ma'rifiy" tadbir tashkil etildi

2021 yil 12 may kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlash organlari yosh xodimlari bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati hududiy bo'limi katta majlislar zalida ma'naviy ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda IIV ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti bo'lim boshlig'i, kapitan yu.Yusupov, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi Surxondaryo bo'limi boshlig'i M.Ollamurodov, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi Surxondaryo bo'limi a'zosi, shoira va yozuvchi Sh.Jalilova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyati bo'lim boshlig'i o'rinbosari E.Xudoyberdiev, "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori R.Abdurazzoqova va boshqalar ishtirok etishdi.
Ushbu badiiy uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad, ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviyatini yanada yuksaltirish, vatanparvar va ma'rifatparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanimiz hududida etishib chiqqan ulug'mutafakkir olim, yozuvchi, shoir va allomalarning asarlari bilan yaqindan tanishish, qolaversa, viloyatimizning ko'zga ko'ringan yozuvchi va shoirlari ijodidan bahramand bo'lishdan iborat bo'lib, tadbirda so'zga chiqqan shoir va yozuvchilar bir-birini takrorlamaydigan she'riy to'plamlarni xodimlarga o'qib eshittirdilar.
Uchrashuv yakunida, so'zga chiqqan yu.Yusupov ichki ishlar organlari yosh xodimlariga soha rivojida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ahamiyati haqida qisqacha tushuntirish berib, uchrashuvga tashrif buyurgan ijodkorlarga O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi nomidan minnatdorchilik bildirdi.
O'z navbatida, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi Surxondaryo bo'limi boshlig'i M.Ollamurodov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi kutubxonasiga kitoblar to'plamini sovg'a qildi.
Bunday uchrashuvlar xodimlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli
va maroqli o'tkazishlari, ma'naviy ozuqa olishlari va kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech