11 Yanvar 2022 yil 491

Surxondaroyo viloyati IIB Probatsiya bo'limi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida boshqarma rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Iichki ishlar vazirining o'rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2021 yil 29 dekabr kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar asosida 2022 yil 10 yanvar kuni Surxondaroyo viloyati IIB Probatsiya bo'limi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida boshqarma rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik U.O'taev, O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi mas'ul xodimi mayor B.Buriev, boshqarma Probatsiya bo'limi boshlig'i podpolkovnik Sh.Sattorovlar ishtirok etishdi.
Kirish so'zi bilan so'z olgan Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik U.O'taev uchrashuvning maqsad va vazifalari haqida qisqacha to'xtalib o'tdi.
Tadbir avvalida, 2021 yil 12 oyi yakuniga ko'ra, Surxondaryo viloyati IIB Probatsiya bo'limi xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonun buzilishi holatlarining tahliliy hisoboti tinglandi.
Uchrashuv davomida, Probatsiya bo'limi xodimlari va ota-olnalarga 2021 yil davomida xodimlar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar va ijtimoiy himoya yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklari, shuningdek, xodimlarning mashaqqatli xizmatlari, ularga hamda oila a'zolariga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar to'g'risida ma'lumotlar etkazildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarida xizmat olib borish davomida qonun buzilish holatlariga jiddiy yo'l qo'ygan Qamashi tumani va Namangan shahar IIO Probatsiya guruhi inspektorlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklardan misollar keltirildi. Kelgusida Probatsiya xizmati inspektorlari tomonidan shu kabi salbiy holatlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida ota-onalar va boshqarma rahbariyati muntazam muloqotda bo'lib turishlari yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Yig'ilish yakunida, to'rt nafar xodimlar, xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun viloyat IIB rahbariyati tomonidan ularning ota onalariga tashakkurnoma e'lon qilinib, sovg'a salom bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech