Surxondryo viloyati IIB Probatsiya bo‘limi va uning joylardagi guruxlari tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya bo‘limi va uning joylardagi guruhlari xodimlari ishtirokida 2023 yil
davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga
bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi Departamenti Probatsiya
xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xodjaev Rustam Egamberdievich hamda Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Xidirov Baxrom Maxamatovichlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2023 yil
12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yo‘nalishlar
kesimida muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i
podpolkovnik Shavkat Musurmanovning axboroti tinglandi. Unga ko‘ra viloyat Probatsiya
guruhlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashuvi, bandligini
ta’minlash, ishga joylashtirish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini
olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Mehnatga halol munosabatda
bo‘lgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan
mahkum sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi tartibida o‘talmay
qolgan jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
2023 yilning o‘tgan davri mobaynida
Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar-tuman sudlari bilan hamkorlikda probatsiya nazoratidagi
shaxslar uchun 175 marotaba «Sayyor sud»
majlislari tashkil etilib, 10 367 nafar nazoratdagi shaxslarning ishtiroki ta’minlandi.
Viloyat bo‘yicha jami 976 nafar
nazorat ostidagi shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi, jumladan;
- 640 nafariga huquqiy;
- 176 nafariga ID karta (pasporti) olinishida;
- 145 nafariga ijtimoiy;
- 15 nafariga pensiya olishlari bo‘yicha yordamlar ko‘rsatildi.
Shu bilan birga vazirlik Probatsiya xizmati rahbariyati tomonidan soha xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunbuzilish
holatlari oldini olish xizmat samaradorligini oshirish borasida zarur tavsiyalar
bildirib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida xizmat faoliyati davomida namuna ko‘rsatgan xodimlarga
viloyat IIB rahbariyatining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.