10 Iyul 2024 yil
478
Surxondryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimalar bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlar tomonidan amaliyotchi
psixolog Nigina Xudoyberdieva bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ichki ishlar
organlari tarkibida xizmat olib boradigan
xodimalarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda,
ularning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy
muhit barqarorligini ta’minlash, xodimalarning individual-psixologik xususiyatlarini
o‘rganish maqsadida xodimalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.
Bunda
asosiy e’tibor, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar
kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi
ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini
yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda
ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy
profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.