Surxondaryodagi maktablarda “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 13-mart kuni Surxondaryo
viloyatiga tashrifi davomida haftaning shanba kuni viloyat tajribasi sifatida
"Otalar qabul kuni" bo‘lishi taklifi berilgan edi.
Shu
munosabat bilan Surxondaryo viloyatidagi umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida “Otalar
yig‘ilishi” tashkil etildi.
Ushbu
yig‘ilishda maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarning otalari hamda ta’lim muassasasida
faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan
yig‘ilishda, tuman IIB JXX HPB VY va YBIG inspektor-psixologlari tomonidan Prezidentimizning
2023-yil 13-mart kunidagi tashrifi davomida, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishda
ularning nazoratini kuchaytirish maqsadida, Surxondaryo tajribasi tariqasida “Otalar
yig‘ilishi” tashkil etilayotganligi, kelajak avlod bugungi kunda ta’lim-tarbiya
olishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilganligiga alohida to‘xtalib,
farzandlarning odobi-axloqi borasida so‘z yuritdi.
Shuningdek, ota-onalarga farzand tarbiyasiga
e’tiborli bo‘lishlari, turli salbiy illatlar, spirtli ichimliklar iste’mol qilish,
tamaki mahsulotlari chakish, psixotrop va giyohvandlik kabilardan saqlash bo‘yicha
tushuntirishlar olib borildi.