Surxondaryoda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan maxsus tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 16 sentabrdagi O‘RQ-407-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 iyun kunidagi PQ-3786-sonli “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 20 fevraldagi tegishli buyrug‘i talablari asosida ko‘cha va jamoat joylarida, shuningdek ommaviy tadbirlari o‘tkaziladigan ob’ektlarda jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilayapdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 26 noyabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning sovuq qurol va sovuq qurol sifatida foidalanilishi mumkin bulgan ashyolar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzganlik holatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash xaqida”gi buyrug‘i talablari asosida fuqarolar tomonidan sovuq qurol va sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzmasliklari bo‘yicha Termiz shahrining “Tinchlik” mahallasida joylashgan Avtoshohbekat hududida, Termiz shahrining “Alpomish” mahallasida joylashgan Yubileyniy bozori hududida, Termiz shahrining “Kattabog‘” mahallasida joylashgan Markaziy dehqon bozor hududlarida jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda o‘tkir tig‘li orqali tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida shahbekatdagi fuqarolar o‘zlari bilan o‘tkir tig‘li jism olib yurmasligi, avtomashina haydovchilariga mashinasida sovuq qurol va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan buyumlar olib yurmasligi, agar tig‘li jism aniqlanganida, Ichki Ishlar xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 185-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi, jazo muqarrarligi to‘g‘risida fuqarolarga Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan profilaktik, tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, ko‘cha va jamoat joylarida, fuqarolar tomonidan ochiq holda sovuq qurol va sovuq qurol sifatida foidalanilishi mumkin bo‘lgan “Tig‘li” jismlarni olib yurgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1852 – 1853 – moddalari bo‘yicha bayonnoma tuzilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 2023 yilning 5 oyi davomida Patrul post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan “Tig‘” tadbiri davomida jami 1613 ta holat aniqlangan bo‘lib, shundan 1115 tasi pichoq, 400 tasi kastet, 25 tasi bita, 73 tasi boshqa o‘tkir tig‘li predmetlarni tashkil etadi.
Xavfli buyumlarni olib yurish holatlari aniqlangan joylar buyicha ko‘rib chiqilganda, ko‘chalarda 564 ta, ko‘p qavatli uylar oldida 156 ta, istirohat bog‘lari hududida 102 ta va ko‘ngil ochar joylar (deskoteka, kafe, bar, tungi klub va boshqa) va ularning atrof hududida 185 ta, bozorlarda 506 ta va boshqa joylarda 100 ta holat aniqlangan.
Yuqorida keltirilgan raqamlar oddiy ko‘rinishi mumkin ammo bitta holatda aniqlangan o‘tkir jism g‘arazli va past niyatda ishlatilsa, bir va bir necha insonning sog‘ligiga va umriga zomin bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun aziz fuqarolarimizdan so‘rab qolar edik-ki, o‘zlarining yonlarida O‘zbekiston qonunchiligida taqiqlargan pichoq, kastet, bita va boshqa o‘tkir tig‘li jismlarni olib yurmasliklarini so‘rab qolar edik.