Surxondaryoda “Jasorat maktabi” tarbiyalanuvchilari manzil koloniyada bo‘lishdi.
Surxondaryo viloyati hududida istiqomat qilib kelayotgan profilaktik hisobda turuvchi og‘ir toifa sirasiga kiritilgan hamda uyushmagan yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish, ularni tarbiyalash maqsadida, “Jasorat maktabi”ning navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy
qismda tashkil etilgan o‘quv yig‘inida, yoshlar o‘zlarining bilim saviyalarini,
vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish borasida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari
bilan birga ularga hayotiy voqeyliklar misolida ham tarbiyaviy mashg‘ulotlar olib
borilmoqda.
Huddi shunday mashg‘ulotlardan
biri sayohat tarzida tashkil etildi. Bunda yoshlar Sherobod tumanidagi 4-mintaqaviy
hudud 41-son manzil koloniyasiga olib borilib, ushbu maskanda jazo muddatini o‘tayotganlarning
hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Ular bilan suhbatlashildi...
Qilingan sayohat davomida, o‘zlarining kelajagi uchun to‘g‘ri yo‘lda yurish, o‘z bilim saviyalarini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyat olamidan uzoq yurish, salbiy hatti-harakatlarning oqibati yaxshilik bilan tugamasligi bo‘yicha o‘zlariga to‘g‘ri bo‘lgan xulosalarga ega bo‘lishdi.