11 Avgust 2022 yil 438

Surxondaryoda zahirada bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 1 avgust kuni, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, D.Usmonning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, 25 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tuman hududida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, X.Toymas davlat zahirasida bo‘lgan “tuman hududidagi 20 sotix yer maydonini 190.000.000 (bir yuz to‘qson million) so‘mga sotaman kadastrda ishlovchi tanishlar orqali nomingizga rasmiylashtirib berman!”- deb, undan 190.000.000  (bir yuz to‘qson million) so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 1 avgust kuni X.Toymasga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech