Surxondaryoda voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixolog xodimalariga o‘quv ishlari tashkil etildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixolog
xodimalariga Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023-yil 30-oktabr kunidagi
tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 4-noyabr kunidan viloyat IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi
binosida ishdan uzilgan holda qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv yig‘iniga jalb etilgan viloyat ichki ishlar organlari tarkibida
xizmat olib borayotgan xodimalarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari hamda Termiz
shahridagi 15-sonli umumta’lim maktabining amaliyotchi psixologi Shahnoza Ko‘chkeldievalar
tomonidan xodimalarga fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati, shaxslarning jins
va yosh toifasidan kelib chiqib professional-ekspressiv harakatlar bilan samarali
muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish”
yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mazkur o‘quv yig‘inini
tashkil etishdan asosiy maqsad, viloyat ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlarini
fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyatini hamda jangovar
shayligini oshirish, qolaversa, vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali tezkor qaror qabul
qilish ko‘nikmalari yanada oshirilmoqda.