28 Oktyabr 2023 yil
911
Surxondaryoda viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tashabbusi bilan “Obod makon – musafo hayot” ekologik aksiyasiga start berildi.
Bu ijtimoiy harakat barchani
o‘zi yashab turgan hududda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash va ozoda saqlash
uchun birlashtirishdan iborat.
Ekologiyani tozalash uchun
Siz ham ushbu harakatga qo‘shiling!
Maishiy chiqindilarni belgilangan
joylargagina tashlaylik, ularni istalgan joyga – yo‘laklarga, ariqlarga uloqtirishlariga
e’tiborsiz bo‘lmaylik, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun jarimalar belgilanganligini,
har kimning toza havodan bahramand bo‘lish va tabiatni boricha his qilish huquqi
borligini unutmaylik!
Tozalik va poklik
bizning kundalik shiorimiz, aniq va qat’iy istagimiz bo‘lsin!