Surxondaryoda viloyat IIB mas’ullari tomonidan mehnat faxriylari va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 12 oktabr kunidagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda 25 oktabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan, joriy yilning 24 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘ayrat Xo‘jamqulovlar tomonidan ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan, Sariosiyo tumani IIB faxriylari istefodagi mayor Sharipov Davlat Rajabboevich hamda istefodagi kapitan Yoqubov Kenja Sanginovichlarning holidan xabar olinib, ularning muammolari mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
Xonadon sohiblari bilan dildan qilingan suhbat asnosida, boshqarma boshlig‘ining bayram sovg‘alari ulashildi.