11 Iyul 2024 yil
370
Surxondaryoda viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024 yil 5 fevral kunidagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklar
profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Xudoyberdiev viloyat IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi shahar –tuman Voyaga yetmaganlar
va Yoshlar bilan ishlashni tashkil etish guruhi katta inspektorlari, Milliy gvardiya
tasarrufidagi voyaga yetmaganlar masalari bo‘yicha inspektor psixologlar, O‘zbekiston
Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Mahallalar uyushmasi mas’ul xodimlari
ishtirok etdi.
Viloyat
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i
bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelayotgan voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi
va jinoyatchiligining oldini olish, “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga
yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish kerakligi va boshqa bir qator
mavzuga aloqador vazifalarni ta’kidlab o‘tdi.