10 Avgust 2025 yil 292

#murojaat Surxondaryoda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Ommaviy sayyor qabul”lari bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan aholining muammolarini o‘rganish va  bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.

Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov tomonidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida hamda  shahar-tuman IIBlari binolarida hududiy ichki ishlar organi boshliqlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul” o‘tkazildi.

Hududlarda tashkil etilgan sayyor qabullarda, o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, ishga qayta tiklash, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, moddiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa bir qator ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Viloyat hamda shahar-tuman ichki ishlar organlariga qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga olindi.

Text to speech