12 Avgust 2022 yil 495

Surxondaryoda “Vatanparvarlik oyligi” dorasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 174-son Farmoyishining ijrosi yuzasidan joriy yilning 11 avgust kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Mazkur intellektual tanlovda jami 14 ta shahar-tumanlardan tashrif buyurgan Ichki ishlar organlari yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan tanlovning yakuniga ko‘ra Sariosiyo tumani IIB jamoasi 3-o‘rin, Angor tumani IIB jamoasi 2-o‘rin, viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining xotin-qizlar jamoasi 1-o‘rinni egallab musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Q.Batirov tomonidan boshqarma boshlig‘ining diplom, pul mukofoti va kitoblar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.

“Vatanaparvarlik oyligi” davomida bu kabi tadbirlarning davomiyligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Text to speech