20 Avgust 2022 yil 400

Surxondaryoda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Qo‘shiqchilik” tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 174-son Farmoyishining ijrosi yuzasidan joriy yilning 20 avgust kuni Termiz shahrida joylashgan qo‘g‘irchoq teatrida Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari, oila a’zolariga “Ogoh bo‘ling baxt sizniki” nomli vatanparvarlikni madh etuvchi spektakl namoyish etildi.

Shundan so‘ng viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan san’atda havaskor iste’dodli xodimlar o‘rtasida “Vatanim madhi” shiori ostida san’atning maqom hamda estrada yo‘nalishlarida qo‘shiqchilik ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik tanlovda 2 ta shart asosida jami 5 nafar viloyat IIB xodimlari o‘zlari tayyorlab kelgan qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchi xodimlar tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar Surxondaryo viloyati O‘zbekkonsert davlat muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda holisona baholab borildi.

Tanlov yakunlariga qo‘ra boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi huquqiy statistika guruhi bosh inspektori kapitan Ilxomjon Salomov 3-o‘rinni, boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati katta inspktori kapitan Bekzod Qurbonaliev 2-o‘rinni, boshqarma JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori mayor Alisher Amanov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig‘ining diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.    

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otish bilan birga ularni ma’naviyatini yuksaltirish hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun xizmat qildi. 

“Vatanaparvarlik oyligi” davomida bu kabi tadbirlarning davomiyligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Text to speech