26 Aprel 2022 yil
778
Surxondaryoda, o‘zgalarni chuv tushirib, pullarini o‘zlashtirib kelgan firibgar tezkor tadbirda qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot hamda Denov tumanida yashovchi R.Yunus (ism shariflar o‘zgartirilgan) va M.Normurodlar 2022 yil 13 aprel kuni Viloyat IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizasiga asosan, shu kuni Sho‘rchi tumanida Bobur mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sho‘rchi tumanijda yashovchi, M.Rustam Denov tumanida yashovchilar, R.Yunus va M.Normurodlarga J.Koreya davlatiga oliy ma’lumotlilar ishlash uchun ketadigan “Ye-7” viza orqali ishga yuborishni va’da qilib, evaziga har biridan 11.500 (o‘n bir ming besh yuz) AQSH dollaridan berishni aytib, R.Yunus va M.Normurodlardan jami 2900 (ikki ming to‘qqiz yuz) AQSH dollari va 1.140.000 (bir million) so‘m pullarni olayotganida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, M.Rustam 2021 yil noyabr oyida, Uzun tumanida yashovchi, X.Chorini Germaniya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, jami 1.500 (bir ming besh yuz) AQSH dollarini olganligi, Termiz tumanida yashovchilar, U.Kamol va uning otasi U.Jamollarni ham Germaniya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, 26.875.000 (yigirma olti million sakkiz yuz yetmish besh ming) so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan. 25 aprel kuni M.Rustamga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati