20 Dekabr 2021 yil 491

Surxondaryoda, O'zbekiston Respubilkasi IIV tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Surxondaryo viloyati IIBda O'zbekiston Respubilkasi IIV tomonidan nashr etilgan "Ichki ishlar organlarining mard o'g'lonlari", "El yurt osoyishtaligi generallari", "Faxriylar faxrimiz" hamda Surxondaryo viloyati IIB tomonidan nashr etilgan "El-yurt oromini avaylab asrab..."nomli kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.
Tashkil qilingan tadbirni Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich kirish so'zi bilan ochib, bugungi kunda tizim xodimlarining ma'naviy va ma'rifiy salohiyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha to'xtalib, mazkur amaliy ishlar istiqbolimiz ravnaqi, halqimizning tinchligini va osoyishtaligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
So'ngi yillarda, muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovichning tashabbuslari bilan yosh avlodni tarbiyalashda "ustoz-shogird" an'nasiga amal qilish, ustozlarni ulug'lash, ularning orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ushbu ishlarning amaliy ifodasi sifatida ichki ishlar organlarida ko'p yillar davomida samarali faoliyat yuritgan, fidoyi xodimlarnining tajribalarini bugun ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarga yetkazish maqsadida, ichki ishlar vazirligi tomonidan "El yurt osoyishtaligi generallari", "O'zbekiston xalqi xizmatida", Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati tomonidan "Faxriylar faxrimiz" hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining mustaqililk yillaridagi faoliyati haqidagi "El-yurt oromini avaylab, asrab..."nomli kitoblari nashrdan chiqarilib o'quvchilar e'tiboriga havola etilmoqda.
Shuningdek, Vatan oldidagi burchini ado etish chog'ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta'minlash yo'lida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasiga bag'ishlab, ehtirom namunasi sifatida "Ichki ishlar organlarining mard o'g'lonlari" kitobi chop etildi.
Bugun ushbu kitoblar taqdimotida, ichki ishlar vazirligidan O'zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi bosh mutaxassisi, IIV faxriylar kengashi a'zosi, yuridik fanlari doktori polkovnik Sattorov Abdug'ofur Hamidovich, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dosenti, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori podpolkovnik Quvonchbek Bekmurodovich Qodirov, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va va kadrlar bilan ta'minlash departamenti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi katta inspektori podpolkovnik Qobiljon Sobirovich Shokirov hamda O'zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi, shoir va publisist Anorov Jumanazar Xurramovichlar ishtirok etishib, kitobning asosiy mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi hamda o'quvchilar uchun tutgan o'rni haqida kerakli bo'lgan ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.
Shuningdek, vazirlik Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va va kadrlar bilan ta'minlash departamenti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar xizmati katta inspektori, podpolkovnik Qobiljon Sobirovich Shokirov tomonidan O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21-oktyabrdagi buyrug'ini shaxsiy tarkib e'tiboriga yetkazildi.
Mualliflar tomonidan esdalik sifatida bir qator ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga kitoblar hadya qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech