Surxondaryoda huquqtartibot organlari xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Surxondaryo viloyat kengashining kalendar rejasiga asosan 2024 yilning 19-20 avgust
kunlari Termiz Davlat unversiteti sport zalida “Voleybol” turi bo‘yicha Surxondaryo
viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar va harbiy
xizmatchilar o‘rtasida viloyat “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi
“Kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Davlat xavfsizlik
xizmati boshqarmasi, Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash
boshqarmasi xodimlaridan iborat 21 ta terma jamoadan 8 nafardan jami 168
nafar sportchilar ishtirok etdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa
natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni Surxondaryo viloyati
Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi terma jamoasi, 2 o‘rinni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
terma jamoasi, 3 o‘rinni Surxondaryo viloyati
Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi
sportchilari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati
Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu o‘rinda aytish joizki
“Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin
kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat
aykido” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 515 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro
musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.